close

You are here

December 11, 20202494

O'zbekiston gomoseksuallikni jazolashni to'xtatishi kerak

2020 yil 10-dekabr kuni Butunjahon inson huquqlari kunida 9 ta xalqaro nodavlat tashkilotlar O'zbekistonni gomoseksuallikni dekriminallashtirishga chaqirdi. Ularning qo'shma bayonotida ta'kidlanishicha, 120-modda gomoseksual va biseksual erkaklar kundalik hayotida ular uchun doimiy tahdid tug'diradi va ularning jamiyatda duch keladigan zo'ravonlik va kamsitishlar holatlari to'g'risida davlat organlariga shikoyat qilishlariga yo'l qo'ymaydi.

O’zbekiston: Gomoseksuallikni jazolashni to’xtatish va har kimning inson huquqlarini hurmat qilinishini taminlash kerak

“Ushbu voqealarni eslaganimda yuragim ortga tortib ketadi”.
— Qamoqda bo’lgan sobiq mahbusning xotiralaridan.

2020 yil 10-dekabr – birgalikda ushbu bayonotni taqdim etuvchi NNTlar, O’zbekiston hukumatini gomoseksuallikni dekriminallashtirish orqali inson huqulari bo’yicha xalqaro majburiyatlarni bajarishga chaqiradilar. Amaldagi O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 120 – moddasida voyaga etgan erkaklar o’rtasidagi ixtiyoriy jinsiy munosabatlar uchun uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish shaklida jazo ko’zda tutilgan. Ayni paytda O’zbekistonda yangi Jinoyat kodeksi tayyorlanmoqda va rasmiylar ushbu imkoniyatdan foydalanib, inson huquqlari bilan bog’liq vaziyatni yaxshilashlari kerak.

Ushbu bayonotni birgalikda nashr etuvchi tashkilotlar qat’iyat bilan O’zbekiston rasmiylarini «erkinlik, shaxsiy xavfsizlik va shaxsiy hayot daxlsizligini bostirish va inson huqularini, shu jumladan yashash huquqini tinchlik yo’l bilan amalga oshirishni taqib qilish uchun foydalaniladigan, voyaga etgan erkaklar o’rtasidagi ixtiyoriy jinsiy munosabatlarni jazolaydigan qonuniy qoidalarni bekoq qilishga, chaqiradi. Hokimiyat, shuningdek, inson huquqlari to’g’risida jamoatchilik xabardorligini faol ravishda oshirish orqali LGBTI odamlariga nisbatan mavjud bo’lgan stigma va kamsitishlarga qarshi kurashishi kerak».

Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi xalqaro paktning ishtirokchisi sifatida, O’zbekiston Respublikasi har kimga o’z huquqlaridan hech qanday farq qilmasdan foydalanish imkoniyatini taminlash majburiyatini o’z zimmasiga oldi, shu jumladan “irqi, teri rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa e’tiqodlari, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy, sinfiy yoki boshqa holati”. Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) Qiynoqlarga qarshi qo’mitasi va BMT Inson huquqlari qo’mitasi 2020 yil yanvar va may oylarida e’lon qilingan yakuniy kuzatuvlarida O’zbekistonni 120-moddani bekor qilishga chaqirdi.

“O’g’limni jinsiy orientatsiyasi haqida bilib qolganimda, men vahimaga tushib qoldim. Uni “davolash” uchun imomlar va psixologlar huzuriga majburlab obordim. Ammo aslida men unga ozor berdim va hayotini barbod qildim. Endi men gomoseksuallik – kasallik emasligini tushunaman. U hali ham o’sha kelishgan, aqlli va tinchliksevar inson. U faqat o’z jinsiga mansub bo’lgan insonlarni sevadi, bori shu! Ammo shuning uchungina ko’pchilik uni o’ldirishni, yoqib yuborishni va toshbo’ron qilishni xohlaydi. 120-modda mavjud ekan, mening o’g’lim va boshqa LGBT-odamlar tinch va baxtli yashay olmaydilar. Ishonamanki, 120-moddaning bekor qilinishi faqat yaxshilikka olib keladi - hamma uchun”.
– Vatandoshlarini gomoseksual orientatsiyasiga mansub bo’lgan odamlardan qo’rqmaslikka chaqiradigan yosh gomoseksualning onasi.

120-modda bilan sudlanib, keyin ozodlikka chiqqan yigit, har kuni kaltaklanib, nafrat va xo’rlik bilan muomala qilingandan so’ng, qanday qilib yashashni bilmasligini aytdi. Tergov hibsxonasida bo’lganida, u boshqa mahbuslar tomonidan muntazam ravishda tazyiqqa uchragan, tegrov hibsxonasi xodimlari bunga ahamiyat bermagan paytda. Uning so’zlariga ko’ra, tergov hibsxonasida o’tkazilgan kunlar “hayotigadi eng dahshatli va jirkanch” – bo’lgan, shuningdek u koloniyaga kelgach, muassasa xodimlari tomonidan kaltaklanganligini va dubinka bilan zo’rlamoqchi bo’lishganlarini ta’kidlagan.

120-modda gomoseksual va biseksual erkaklarga kundalik hayotida doimiy xavf tug’diradi va ularning jinsiy orientatsiyasi oshkor qilinishidan qo’rqib, jamiyatda ular duch keladigan zo’ravonlik va kamsitishlar to’g’risida rasmiylarga shikoyat qilishlariga yo’l qo’ymaydi. LGBTI inson huquqlarini himoya qiluvchi guruhlar O’zbekistonda xavfsiz ish olib borolmayapti, rasmiylar esa bir vaqtda LGBTIga nisbatan inson huquqlarning buzilishiga e’tiborni jalb qilishga qaratilgan barcha urinishlarni oldini olyapti.

O’zbekistondagi gomoseksual erkak ismini oshkor qilmaslik sharti bilan shunday dedi:
“120-modda odamlarga noan’anaviy jinsiy orientatsiya yoki gender identifikatsiyaga xos bo’lgan shaxslarni jazosiz, shafqatsiz muomalada bo’lish va kamsitish huquqini beradi. Shuningdek, u korruptsiyani targ’ib qilinishi uchun ideal maydon yaratadi. Ushbu modda mavjud bo’lar ekan, qo’rqitish hech qachon tugamaydi va gomofoblar bizni ustimizdan hokimiyatga ega bo’lishadi”.

Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari barcha ta’qib qila olgan gomoseksual va biseksual erkaklarga qarshi ayblovlarni qo’zg’amaydi, lekin kopincha huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari shantaj va pul undirish maqsadida ularni qamoq bilan yoki oilalariga jinsiy orientatsiyasini oshkor qilish bilan qo’rqitadilar. Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari, shuningdek, boyroq gomoseksuallar va biseksuallarni topish uchun hamkorlik qilishga LGBTI odamlarni majbur qiladi. Shunday qilib, O’zbekistondagi ko’plab LGBTI odamlari o’zlarini ikki tomonlama hayot kechirishdan boshqa iloj yo’q deb hisoblaydilar, ularning xotinlari, erlari, ota-onalari, boshqa qarindoshlari yoki qo’shnilari ularning jinsiy orientatsiyasi yoki gender identifikatsiyasi to’g’risida bilib qolishlari, ular uchun qimmatga tushadi.

Gomofob guruhlar tez-tez LGBTI va gey deb qabul qilgan odamlarni nishonga olib, ularni jismoniy zo’ravonlik va tovlamachilikka duchor qilishadi. Internet xizmatlarida gomofob faollar gomoseksual va biseksuallarning, shuningdek, boshqa gumonlanuvchilarning ismlari va ularga aloqador bolgan ma’lumotlarini tarqatib, ularni “jazolashga” va qotillikka chaqiradilar. Bunday kaltaklangan videoyozuvlar, shuningdek, so’nggi yillarda bir necha gomoseksual erkaklar gomofob guruhlar tomonidan o’ldirilgani yoki og’ir jarohat olgani haqida ishonchli ma’lumotlar mavjud.

Shuningdek, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari “gomoseksual” yorlig’i qo’rquvidan foydalangan holda, o’zbek jamiyatidagi o’ta sharmandali deb topilgan ayblovni va 120-modda bo’yicha qamoq bilan tahdid qilishni nafaqat gomoseksuallar va biseksuallarga, balkim geteroseksuallarga va taqvodor musulmonlarga nisbatan ishlatayotgani ham ma’lum. Ushbu bayonotni birgalikda tayyorlagan NNTlar, 120-modda bilan ayblanmaslik uchun huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan katta miqdordagi pul yoki mol-mulkni talon-toroj qilish, shuningdek, “terrorizm” yoki “konstitutsiyaviy tuzumni ag’darishga urinish” kabi og’ir jinoyatlar uchun “iqror bo’lish” bilan bog’liq bo’lgan bir qator holatlar to’g’risida ma’lumotlarga ega.

Jazoni ijro etish muassasalarida, inson huquqlari buzilishi, shu jumladan gomoseksual va biseksual erkaklarga, shuningdek, boshqa gumonlanuvchilarga nisbatan jinsiy zo’ravonlik holatlari asosan ochiq-oydin bo’ladi. Ushbu erkaklar ko’pincha huquqni muhokama qilish organlari xodimlari, Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari, qamoqxona qo’riqchilari va boshqa mahbuslar tomonidan qiynoqqa solinishadi va boshqa turdagi shafqatsiz muomalalarning qurbonlari bo’lishadi. Qiynoq usullariga shisha va dubinka bilan zo’rlash, mahbusning jinsiy a’zolariga suv bilan to’ldirilgan shishalarni osib qo’yish, jinsiy a’zolarni gazetalarga o’rash va qog’ozga ot qo’yish kiradi. Gomoseksual va biseksual erkaklar, shuningdek gomoseksual munosabatlarda gumon qilingan yoki ayblanayotgan shaxslar mahbuslarning norasmiy, ammo qat’iy belgilangan iyerarxiyasida eng past maqomga ega. Ularni soqchilar va boshqa mahbuslar muntazam ravishda “qul” sifatida ishlatishadi va masalan, yalang’och qo’llari bilan iflos hojatxonalarni tozalashga majbur qilishadi.

O’zbekiston hukumati gomoseksuallik Islomga, mamlakatning an’anaviy qadriyatlari va madaniy me’yorlariga zid ekanligini va jamoat 120-moddani1 bekor qilishga tayyor emasligini bir necha bor ta’kidlagan. Biroq, bu inson huquqlari buzilishini davom ettirish uchun asosli sabab emas. Gomoseksuallikni qonuniylashtirgan, ko’pchilik musulmonlar bo’lgan mamlakatlar qatoriga O’zbekiston bilan Qozog’iston, Qirg’iziston va Tojikiston, shuningdek, Ozarbayjon va Turkiya kiradi.

O’zbekistondagi LGBTI inson huquqlari holati to’g’risida batafsil ma’lumot quyida keltirilgan:


Bayonotning PDF versiyasini yuklab olish:

Rus tilida

O'zbek tilida

Inzgliz tilida

Comments

Log in or register to post comments

Или войти через: